» » O‘zbekiston FVV xodimlari Belarus Respublikasidagi kichik hajmli kemalarni boshqarish asoslari bo‘yicha o‘quv kursiga qatnashdi

O‘zbekiston FVV xodimlari Belarus Respublikasidagi kichik hajmli kemalarni boshqarish asoslari bo‘yicha o‘quv kursiga qatnashdi


2018-yilning 26-mart kunidan 13-aprel kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi universiteti Qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida “Ichki suv havzalarida kichik hajmli motorli kemalarni boshqarish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu o‘quv kursi davomida  Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Belarus Respublikasining Kichik hajmli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tajribasini o‘rganish bilan bir qatorda, kichik hajmli kemalarni boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

O‘quv kursi yakunida esa vazirlik xodimlari  kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi  xalqaro darajadagi guvohnomaga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют