» » O‘zbekistonda mart oyida chegaradan o‘tish qoidalarini buzgan 42 kishi qo‘lga olindi

O‘zbekistonda mart oyida chegaradan o‘tish qoidalarini buzgan 42 kishi qo‘lga olindi


O‘zbekiston chegarachilari joriy yilning mart oyida davlat chegarasidan o‘tish qoidalarini buzgan 42 kishini qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qozog‘iston bilan chegarada 23, Qirg‘iziston bilan 10, Tojikiston bilan 7, Afg‘oniston va Turkmaniston bilan chegarada 1 nafardan qoidabuzar to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, mart oyida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralardan noqonuniy olib o‘tilayotgan 552 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar musodara qilindi.

Chegaradan asosan kimyoviy o‘g‘itlar, tamaki mahsulotlari va noyob hayvonlar terilarini olib o‘tishga urinilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют