» » O‘zbekistonda 2019-yildan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi

O‘zbekistonda 2019-yildan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi


O‘zbekiston hududida 2019-yil 1-yanvardan 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, jumladan, sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ko‘zda tutilgan, deya ma’lum qiladi vazirlik.

2018-yil 1-maydan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

Barcha qonun hujjatlari loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim;

Qonun hujjatlarining loyihalari Vazirlar Mahkamasiga, Prezident devoniga faqat huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgandagina kiritiladi;

Huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjudligi hokimliklar tomonidan qonun hujjatlarini qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi;

Qonun hujjatlari loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan so‘ng, shuningdek, takroran — Vazirlar Mahkamasi apparati va Prezident devoni tarkibiy tuzilmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganida o‘tkaziladi;

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar agar qonun hujjatlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari bilan ularga tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют