» » Toshkent viloyatida tuyaqush parvarish qilayotgan tadbirkor Avstraliyadan kenguru olib kelmoqchi

Toshkent viloyatida tuyaqush parvarish qilayotgan tadbirkor Avstraliyadan kenguru olib kelmoqchi


Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi tadbirkor Ravshan To‘rayev ayni paytda tuyaqush boqmoqda, kelajakda esa kenguru olib kelish niyatida. O‘zA u haqda reportaj tayyorladi.

“Juda ko‘p sohalarga qiziqaman, — deydi R. To‘rayev. — Yaqinda tuyaqushlar haqida o‘qib, ularga qiziqib qoldim. Shu tariqa internet orqali Afrika tuyaqushining tuxumiga buyurtma berdim. Nega Afrika tuyaqushi desangiz, u uy sharoitiga yengil ko‘nikar ekan. Shu tariqa qisqa fursatda yetti dona tuxumni pochta orqali qadoqlangan holda olib kelishdi. Yurtimizdagi zamonaviy inkubatoriyada tuyaqush jo‘jalarini ochtirib oldik. Mana yetti oydan buyon ularni parvarishi bilan bandman. Tuyaqushlarni boshqa qushlarni boqishdan o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turar ekan. Masalan, tuyaqush yaylovda o‘zi o‘t qidirishni xush ko‘radi. Shu bois, ularni keng dalada boqish maqsadga muvofiq. Bir haftada odamga o‘rganib, oldiga kirsangiz tumshug‘ini taqillatib ovoz chiqarar ekan. Lekin, u nima degani: ‘salom’, ‘ovqat ber’ yoki ‘kelganingdan xursandman’ qaysi ma’noda bilmayman. Lekin, qarsak chalsangiz, aylanib, qanotlarini chirpirak qilib raqsga tushib berishi juda quvonarli”.

“Hisoblab chiqdim, ular ikki mahal ovqatlanib, yirik va mayda shoxli mollardan, hattoki boshqa yetishtirilayotgan parranda go‘shtidan ham ko‘p mahsulot beradi, — so‘zida davom etadi Ravshanbek. — Bir bosh tuyaqushdan 40–45 foizgacha go‘sht olsa bo‘ladi. Dunyo bozorida tuyaqush go‘shtining o‘rtacha narxi 12–15 yevroni, ishlov berilmagan xom terisi 60 yevroni tashkil etib kelyapti. To‘g‘ri, sovuq va o‘rtacha issiq iqlimda yetishtirilgan tuyaqush patining sifati unchalik yuqori bo‘lmas ekan. Shu sababli issiq iqlimda yetishtirilgan tuyaqush patidan arzon baholanadi. Lekin ushbu arzon pat ham boshqa sanoat darajasida yetishtirilib kelinayotgan parranda patidan yuqori hisoblanadi”.

Ravshanbek ayni vaqtda sinov tariqasida Hindiston psarkasini ham ko‘paytirishni boshladi. Ular yiliga 300 dona tuxum berar ekan. Ravshanbek kelgusida O‘rta Chirchiq tumanidan yer maydoni olib, tuyaqush parvarishlashni rivojlantirish va xorijdan kenguru keltirib ko‘paytirishni mo‘ljallamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 18:43)
+1 (голосов: 1)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют