» » Marhamatlik tadbirkor quyon qo‘ydan to‘rt barobar ko‘p daromad keltirishini aniqladi

Marhamatlik tadbirkor quyon qo‘ydan to‘rt barobar ko‘p daromad keltirishini aniqladi


Marhamat tumanida yashovchi tadbirkor Oybek Ashurov tashkil etgan “Vodiy hamkor agrofirma” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ayni paytda 450 bosh qo‘y, 500 bosh echki parvarishlanmoqda. Yaqin orada parrandachilik, asalarichilik, baliqchilikni ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

“2016-yilda quyonchilikka asos solgan edik, — deydi MChJ texnologi Dilmurodjon Ashurov. — Hisob-kitob qilib ko‘rsak, bitta qo‘yga sarflangan xarajatni quyonga sarflasangiz olti oy muddat ichida to‘rt barobar ko‘p daromad keltirar ekan. Buni amalda sinab ko‘rish uchun Italiya hamda Fransiyadan 115 bosh ‘Kaliforniya’, ‘Yangi Zelandiya’, ‘Flander’ hamda ‘Reks’ zotli quyonlarni olib keldik. Natijada 2017-yilning o‘zida 3,5 ming bosh quyon tarqatishga erishdik”.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, agrar tarmoqda quyonchilik ham serdaromad yo‘nalish hisoblanadi. Nega deganda, avvalo, uning go‘shti parhezbop.

“Vodiy hamkor agrofirma” quyonchilikni viloyatda yana taraqqiy ettirish payida bo‘lmoqda. Jamiyat tomonidan shu yil boshidan buyon 150 ta fermer xo‘jaligi va 200 dan ortiq oilalarga quyon yetkazib berildi.

Bundan tashqari, quyon go‘shtini qadoqlash, terisini qayta ishlash loyihalari ham ishlab chiqilib, Rossiyadan 50 ming dollar qiymatidagi texnologik liniya olib kelindi. Bu yaqin orada terini qayta ishlash korxonasi ish boshlaydi, deganidir. Natijada yiliga 150 ming dollarlik teri xomashyosi Janubiy Koreyaga eksport qilinadi.

Viloyat hokimligi yaqinda “Vodiy hamkor agrofirma” uchun qo‘shimcha 35 gektar yer maydoni ajratdi. Demak, omuxta yem ham MChJning o‘zida tayyorlanadi va mahsulot tannarxi yanada arzon bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют