» » “Tolibon” uyushtirgan sabotaj tufayli Kobulning katta qismi O‘zbekistondan keladigan elektr tokisiz qoldi

“Tolibon” uyushtirgan sabotaj tufayli Kobulning katta qismi O‘zbekistondan keladigan elektr tokisiz qoldi


“Tolibon” radikal harakati jangarilari Bog‘lon viloyatidagi bosh elektr uzatish liniyasi ustunini qulatdi. Buning oqibatida Afg‘oniston poytaxti Kobulning katta qismi elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Bog‘lon viloyati politsiyasi boshlig‘i Ikarmudin Saroyga ko‘ra, jangarilar harbiy harakatlarda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng taktikani o‘zgartirib sabotaj uyushtirishga qaror qilgan.

Vayron etilgan elektr uzatish liniyasi orqali elektr toki O‘zbekistondan Afg‘onistonga kelardi. O‘zbekistondan bu liniya orqali 20 kilovatt elektr quvvati kelardi. Bu elektrsiz Kobulning 80 foizi qorong‘ulikda qolib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют