» » FIFA o‘zbekistonlik eng faol muxlislarga JCh-2018 chiptalarini taqdim etadi

FIFA o‘zbekistonlik eng faol muxlislarga JCh-2018 chiptalarini taqdim etadi


FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun joriy yilning 14-iyunidan 15-iyuliga qadar Rossiyada bo‘ladigan Jahon chempionati uchun chiptalar taqdim etishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yozda bo‘lib o‘tadigan mundial bahslarini bevosita stadionlardan tomosha qilib, jahon futboli yulduzlari ishtirokidagi bahslardan bahra olishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, chiptalar soni cheklangani sabab, faqatgina eng faol futbol muxlislariga taqdim qilinishi aytilgan. Buning uchun Superliga bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvlarga tashrif buyurish, sevimli jamoani bevosita stadiondan turib qo‘llab-quvvash va shu tarzda Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalarni qo‘lga kiritish mumkinligi qayd etilgan.

Eng faol muxlislarga Jahon chempionati chiptalari taqdim qilinishi tartibi haqida keyinroq O‘FA matbuot xizmati batafsil ma’lumot berishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют