» » “Men ham katta telefon ko‘tarib yuray degandim-da”. “Minor” masjidida ketma-ket ikki juma namozida telefon o‘g‘irlagan shaxs ushlandi (video)

“Men ham katta telefon ko‘tarib yuray degandim-da”. “Minor” masjidida ketma-ket ikki juma namozida telefon o‘g‘irlagan shaxs ushlandi (video)


Toshkentning “Minor” masjidida ketma-ket ikki juma namozida — 23-mart va 30-mart kunlari telefon o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Toshkent” telekanalining “Poytaxt-vaziyat” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Gumonlanuvchi qilgan ishidan pushaymonligini, gunoh ish qilib qo‘yganini tan olarkan, jumladan, shunday dedi: “Men ham bir katta telefon ko‘tarib yuray degandim-da”.

“Poytaxt-vaziyat”ning aniqlik kiritishicha, hozirda gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Minor” masjidi tahoratxonasida qoldirilgan kiyimlardan bir million so‘mdan ko‘proq pul o‘g‘irlagan shaxs 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, bir muddat avval Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” masjidida ham telefon o‘g‘irlash holati yuz bergani, biroq jabrlanuvchi hozircha huquq-tartibot organlariga murojaat qilmay, gumonlanuvchiga imkon berishga qaror qilgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют