» » Argentinaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

Argentinaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi


16-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Argentinaning Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Rikardo Ernesto Lagorioni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston—Argentina muloqotini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, BMT va uning tuzilmalari doirasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Elchi 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning muvaffaqiyatli va konstruktiv natijalari bilan O‘zbekiston tomonini tabrikladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют