» » “Olmaota—Bishkek” trassasida Mercedes urib yuborgan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

“Olmaota—Bishkek” trassasida Mercedes urib yuborgan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


Mercedes haydovchisi “Olmaota—Bishkek” trassasida O‘zbekiston fuqarosini urib yubordi va hodisa joyidan yashirindi, deb xabar beradi Kazakhstan Today.

32 yoshli O‘zbekiston fuqarosining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi 14-aprel kuni yuz bergan.

“Hodisa yuz bergan joyda biz bo‘yoq dog‘lari, yashiringan avtomobil chirog‘i va bamperi qoldiqlaridan ushbu avtomobil Mercedes-Benz Viano ekanligini aniqladik. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida avtomobil haydovchisining Jambil tumanida yashashi ma’lum bo‘ldi. Uning yashash joyiga borib tekshirilganida haydovchiga tegishli avtomobilning urilganiga amin bo‘ldik va fuqaro shu zahotiyoq hibsga olindi”, — deyiladi Olmaota ichki ishlar departamenti xabarida.

Hozirda hodisa yuzasidan sudga qadar tergov jarayoni olib borilmoqda. Avtomobil maxsus avtoturargohga olib ketilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют