» » Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganning “Navbahor” jamoasi muxlislariga 22 mingta futbolka sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganning “Navbahor” jamoasi muxlislariga 22 mingta futbolka sovg‘a qildi


Bugun, 16-aprel sanasida Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohi anjumanlar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Navbahor” jamoasining fidoyi, ashaddiy futbol muxlislariga futbolga bo‘lgan mehrlari sabab sovg‘a sifatida 22 ming dona futbolka taqdim etildi.

20-aprel kuni soat 18:00 da Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tashrif buyurgan futbol muxlislariga mazkur futbolkalar bepul tarqatiladi.

Yig‘ilishda “Navbahor” klubiga rahbariyatiga tegishli tashkiliy masala ham ko‘rilgan. Shu vaqtga qadar “Navbahor” direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akramjon Dedabayev o‘rniga ko‘pchilikka “Bunyodkor”dagi faoliyati bilan tanish Baxtiyor Boboyev tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют