» » O‘zbekiston bilan chegaralar ochilganidan so‘ng Tojikistondagi narxlar sezilarli darajada pasaydi

O‘zbekiston bilan chegaralar ochilganidan so‘ng Tojikistondagi narxlar sezilarli darajada pasaydi


O‘zbek-tojik chegarasi ochilganidan so‘ng Xo‘jand oziq-ovqat bozorlarida narxlar sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

O‘zbek savdogarlari o‘zlari uchun yangi bo‘lgan bozorga kirib kelmoqda, shu sababli tojikistonliklar narxlardagi salmoqli farqni his qilmoqda.

Jumladan, endi sabzi va piyozning bir kilogrammi 1 somoniy, kartoshka 3,5 somoniydan sotilmoqda. Yangi qulupnayni 15 somoniydan xarid qilish mumkin, o‘tgan haftada esa uning narxi go‘shtdan qimmat edi.

Bodringning bir kilogrammi 10 dan 7 somoniygacha tushdi, pomidorlar esa 14-20 somoniy atrofida savdo bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, 1 somoniy kursi salkam 1000 so‘mni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 22:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют