» » O‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari o‘zlari jang qilgan davlatlarga bepul borishi mumkin 

O‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari o‘zlari jang qilgan davlatlarga bepul borishi mumkin 


Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari istaklari asosida o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safari tashkil etiladi hamda ushbu safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanadi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ular Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga ham bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuboriladi.

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishi tashkil etiladi.

Toshkent shahrida 9-may kuni soat 21:00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti uyushtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют