» » Terrorchilarga qo‘shilishga uringan xorazmlik 5,5 yilga qamaldi

Terrorchilarga qo‘shilishga uringan xorazmlik 5,5 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi Azamat Madrimovni diniy ekstremizmni targ‘ib qilgani va Suriyada jang qilayotgan terrorchilik guruhlariga qo‘shilishga uringani uchun 5,5 yilga qamoqqa hukm qildi, deb yozadi Sputnik.

Tergov chog‘ida Gurlan tumanida yashovchi Madrimov 2012—2015-yillarda doimiy ravishda Rossiyaga borib kelgani, u yerda terrorchilik tashkilotlarining maxfiy yacheykalari ta’siriga tushib qolgani aniqlandi. Uyga qaytib kelgan paytida ham u ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistlar bilan aloqasini saqlab turgan.

Sudda Madrimov 2016-yilda rafiqasi bilan Qozog‘iston va Turkiya orqali Suriyaga ketishni rejalashtirgani isbotlandi. Ammo sudlanuvchining rafiqasi O‘zbekistondan ketishni istamagan va huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan, natijada esa Madrimov qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют