» » Toshkentda bir hafta mobaynida qariyb 19 mingta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi

Toshkentda bir hafta mobaynida qariyb 19 mingta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 14 va 15-aprel kunlari mast holda transport vositasini boshqargan 37 nafar haydovchilarga va mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan 22 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu haqda IIBB rasmiy saytida xabar berildi.

Shuningdek, bir hafta mobaynida, ya’ni 2018-yilning 9-aprel kunidan 15-aprel kuniga qadar jami 18 950 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Bulardan, 4574 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 112 ta mast holda transport vositasini boshqarish, 80 ta transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, 277 ta svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik, 1109 ta belgilangan tezlikni oshirish. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Harakat xavfsizligining kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan hafta mobaynida 3027 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan bo‘lib, shundan 1635 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, 1392 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish holatlaridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют