» » Putinning jiyani o‘z biznesi va Navalniyga nisbatan hurmati haqida gapirib berdi

Putinning jiyani o‘z biznesi va Navalniyga nisbatan hurmati haqida gapirib berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jiyani, Putin Consulting konsalting kompaniyasi asoschisi va “Rus akademik fondi” boshqaruvi raisi Roman Putin “Ura.ru” agentligiga intervyu berdi.

U biznesda ancha kamsuqum odam ekanligini aytib, “biz oligarxlar emasmiz” dedi. Shuningdek, ingliz tilidagi Wikipedia’da unga tegishli deb ko‘rsatilgan yaxta va Kaliforniyadagi yer maydonini “G‘arbning gij-gijlashlari” deb atadi.

Roman Putinning biznesi — konsalting. Ilgari Putin Consulting’ning Londonda ofisi ham bo‘lgan, ammo u yopilgan, shuningdek, potensial sheriklarining loyihalari ham yopilib ketgan. “Biz bilan ishlashga qo‘rqishadi”, — dedi Roman Putin.

U qarindoshi Vladimir Putin bilan bir necha marta — taxminan besh marta ko‘rishganini aytdi. “U band odamga aylanganidan keyin, biz, qarindoshlar uni chalg‘itmaslikka harakat qilamiz”, — dedi u.

Bundan tashqari, Roman Putin muxolifatchi Aleksey Navalniyning pozitsiyasiga qo‘shilmasa ham, inson sifatida uni hurmat qilishini, chunki u hamma tomondan unga bosim o‘tkazilishiga qaramay, o‘z nuqtai nazarida qat’iy turishda davom etayotganini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют