» » Shavkat Mirziyoyev Diana Yenikeyevaning o‘limiga sababchi mansabdorlarni jazolash bo‘yicha topshiriq berdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Diana Yenikeyevaning o‘limiga sababchi mansabdorlarni jazolash bo‘yicha topshiriq berdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining Press-xollida 17-aprel kuni brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov so‘zga chiqib, davlat rahbarining 13-aprel kuni Sirdaryoda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida bergan bayonoti yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

13-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda davlat rahbari joylarga tashrifi arafasida mahalliy mansabdorlar tomonidan o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, shuningdek, turli loyihalarni taqdim etish jarayonida ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qilgan edi.

Xususan, Prezident uning Samarqand viloyatiga tashrifi arafasida ko‘cha tozalash ishlariga jalb etilgan 23 yoshli o‘qituvchi — Diana Yenikeyevaning ham o‘limiga to‘xtalib, jumladan, shunday degandi: “Bu voqea tashrifimdan ikki-uch kun avval yuz bergan, biroq yuragimda xuddi men sabab shunday bo‘lgandek iz qoldirdi”.

Mavzuga doir: “O‘zim shunday ko‘zbo‘yamachiliklarga qarshi edim”. Shavkat Mirziyoyev rahbarlarni so‘nggi bor ogohlantirdi (video)

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifing davomida o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limi yuzasidan o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuratura oldiga ham bir qator vazifalar qo‘ydi. Samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limiga sababchi bo‘lgan mansabdor shaxslarni yuridik javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Hozirda bu hodisa bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi

Mavzuga doir: Komil Allamjonov: Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют