» » Abdulla Aripov: Avvallari o‘zimiz bosh bo‘lib, majbur qilardik. Lekin endi siyosat o‘zgardi

Abdulla Aripov: Avvallari o‘zimiz bosh bo‘lib, majbur qilardik. Lekin endi siyosat o‘zgardi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida 17-aprel kuni hududlarda ta’lim va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari oldini olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor yig‘ilishida qatnashgan “Daryo” internet-nashri muxbirining ma’lum qilishicha, bosh vazir kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha har bir viloyat rahbarining axborotlarini tinglab, qabul qildi.

Xususan, videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi ta’kidlarga qo‘shilishini ma’lum qildi.

“Oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Endi vaziyat boshqa”, — dedi Buxoro viloyati hokimi. Bosh vazir uning bu so‘zlarini ma’qullab, shunday to‘ldirdi: “Ha, o‘zimiz majbur qilardik, o‘zimiz bosh bo‘lardik. Lekin endi siyosat o‘zgardi”.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev o‘zi rahbarlik qilayotgan hududda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi.

Xabar to‘ldirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют