» » Estoniyada vazir mast holda avtomobil boshqargani uchun ishdan bo‘shadi

Estoniyada vazir mast holda avtomobil boshqargani uchun ishdan bo‘shadi


Estoniyaning davlat boshqaruv vaziri Yaak Aab mast holda mashina boshqarib ketayotganda qo‘lga olinganidan so‘ng iste’foga chiqishga ariza berdi. Bu haqda u maxsus matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, Aab o‘z iste’fosi haqida mamlakat bosh vazirini allaqachon ogohlantirgan.

Vazirning aytishicha, u hodisa uchun o‘zini oqlashga urinmaydi. U bundan dars olgan va boshqa haydovchilarni ham bu xatoni takrorlamaslikka chaqirgan.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, u avval spirtli ichimlik ichgandan so‘ng mashina boshqarmaslik prinsipiga doimo amal qilgan.

Xabar qilinishicha, politsiya vazirni 11-mart kuni Tartudan Tallinga ketayotgan vaqtda tezlikni oshirgani uchun ushlagan. U belgilangan tezlik 50 km/soat bo‘lgan yo‘lda 73 km/soat tezlikda harakatlangan. Qoidabuzar tekshirilganda, unng spirtli ichimlik ichgani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir: Britaniyalik lord yig‘ilishga kechikkani uchun iste’fo so‘radi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют