» » Majburiy mehnatga jalb etilgan ijtimoiy soha xodimlari ta’magirlikka qo‘l urishga majbur bo‘lmoqda

Majburiy mehnatga jalb etilgan ijtimoiy soha xodimlari ta’magirlikka qo‘l urishga majbur bo‘lmoqda


Avval ma’lum qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari o‘z hisobidan pul yig‘ib, obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilgan.

Bu kabi holatlar Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Farg‘ona viloyatlarida ham kuzatilgan.

Bosh vazir o‘z yonidan pul ishlatgan ijtimoiy soha xodimlari bu mablag‘ni qaytarish uchun ta’magirlikka borishga majbur bo‘layotganini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют