» » Fil bolasi bir necha soat davomida vafot etgan onasidan uzoqlashishni xohlamadi (video)

Fil bolasi bir necha soat davomida vafot etgan onasidan uzoqlashishni xohlamadi (video)


Hindistonda fil bolasi bir necha soat davomida vafot etgan onasidan uzoqlashishni rad etdi. Qutqaruvchilar qo‘shimcha kuch yordamida fil bolasini onasining yonidan olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Hodisa mamlakat shimolidagi Rajaji milliy bog‘ida yuz bergan. O‘rmonchilar fil bolasini onasining tanasi yonida topgan; fil bolasi onasini turtib, hatto ustiga o‘tirib, uni jonlantirishga uringan. Milliy bog‘ xodimlarining taxmin qilishicha, 40 yoshli ona fil tepalikdan yiqilib, bo‘yni sinib, o‘lgan.

Bog‘ direktorining aytishicha, fil bolasi u yerdan ketishdan bosh tortgan. Keyin esa boshqa fillarni yordamga chaqirishga to‘g‘ri kelgan. Yordamga kelgan ikkita fil yosh filchani olib ketgan va keyin u yuk mashinasiga ortilgan.

Shundan so‘ng filcha mutaxassislar qarovi uchun fillar lageriga olib ketilgan. Filchani qutqargan fillardan biri uni bola qilib olgan, filcha ham unga allaqachon o‘rganib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют