» » Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilishda Andijon viloyati mutasaddilariga hayfsan e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilishda Andijon viloyati mutasaddilariga hayfsan e’lon qilindi


Avval ma’lum qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bir qator mansabdor shaxslarga hayfsan berildi.

Jumladan, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Rahmonov va Andijon shahar hokimi Rahmatullayevga sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi vakillarini ko‘chalarni obodonlashtirish maqsadida o‘z hisoblaridan qimmat gul ko‘chatlarini sotib olishga majburlagani uchun hayfsan e’lon qilindi.

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlaridagi obodonlashtirish ishlariga kollej o‘qituvchilari jalb etilganini tan oldi. Viloyatga ajratilgan 84 milliard so‘mdan faqat 5 milliard o‘zlashtirilganini qayd etdi.

“Va’da beraman, ta’lim, tibbiyot va boshqa budjet tashkilotlari vakillari majburiy mehnatga jalb etilsa chora ko‘riladi”, dedi hokim.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida  ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilganini tan olib, bundan buyon hech qachon o‘qituvchilar, shifokorlar, talabalar majburiy mehnatga jalb etilmasligiga va’da berdi.

Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda o‘qituvchi bilan yuz bergan fojia barchani qattiq qayg‘uga solgani haqida gapirdi.

Endilikda onasiz qolgan yetimni shaxsan otaliqqa olgani, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i ishdan bo‘shatilganini ta’kidladi.

Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgani, shuningdek, viloyatda ishsizlikning oldini olishga e’tibor qaratilayotgani haqida gapirdi.

Viloyat hokimi joriy yil birinchi choragida 4,5 ming kishi ish bilan ta’minlangani, buning uchun ajratilgan 41 milliard so‘m mablag‘dan 2 milliardi sarflanganini ma’lum qildi.

Bosh vazir ajratilgan mablag‘larni maqsadli sarflash lozimligi, hozircha viloyatda bu borada ishlar qoniqarli emasligini tanqid qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют