» » Qozog‘istonda 27 yoshli o‘zbekistonlik yigit ma’shuqasining uylarini sotib, o‘g‘lini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Qozog‘istonda 27 yoshli o‘zbekistonlik yigit ma’shuqasining uylarini sotib, o‘g‘lini o‘ldirmoqchi bo‘ldi


Olmaotalik ayolning ikkita kvartirasini sotib yuborganligi va uning o‘g‘liga suiqasd qilganligi uchun 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Alisher Janaboyev 15 yilga qamalishi mumkin, deb yozadi “Kazinform”.

Jabrlanuvchi 45 yoshli Tatyana Shulgina so‘zlariga ko‘ra, 2015-yilda eri bilan ajrashgach, unga ichki ishlar tuman bo‘limi xodimi biriktirilgan. Politsiyachi ayolning uyiga ko‘p marta kelgan, uning ko‘chmas mulklari haqida bilgan. U o‘zining ishsiz tanishi Alisher Janaboyevni “yollab”, uni o‘z himoyasi ostidagi ayolning boshini aylantirib, uning ikkita kvartirasiga ega chiqishga, so‘ng esa ularni sotishga undagan.

Yigit ayol bilan birga yashay boshlagan, uni ikkita kvartirasini sotishga ko‘ndirgan, keyinroq esa ayolning 20 yoshli o‘g‘lini o‘ldirishga uringan.

Alisher Janaboyev yirik miqdordagi firibgarlik, g‘arazli maqsadda jinoyat qilishga va qotillikka urinish kabi to‘rtta modda bo‘yicha ayblanmoqda.

Davlat qoralovchilari O‘zbekiston fuqarosini 15 yilga, uni “yollagan” politsiyachi va uning jinoyatga sherik bo‘lgan ukasini 18 yilga qamashni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют