» » O‘zbekistonga Telegram ishidagi har bir nosozlik ta’sir qilmoqda

O‘zbekistonga Telegram ishidagi har bir nosozlik ta’sir qilmoqda


18-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 7:00 atrofida Telegram messenjeri ishida nosozliklar boshlandi, deb yozadi Spot. Downdetector servisi ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar asosan serverga ulanish bilan bog‘liq muammolar haqida xabar qilgan.

17-apreldagi nosozlikdan farqli o‘laroq, bu safar asosiy epitsentrlar Eron, Malayziya, Rossiyaning janubiy qismi va O‘zbekiston (Toshkent va Farg‘ona)ga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston messenjer ishidagi har bitta nosozlik ta’siriga tushmoqda. Masalan, Eronda (u yerda ham Telegram aloqa uchun asosiy vosita hisoblanadi) bunday muammolarga ancha kamroq duch kelishadi.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Moskva sudi “Roskomnadzor”ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi.

16-aprel kuni provayderlar Rossiya hududida Telegram messenjerini blokirovka qilishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.

16-apreldan 17-aprelga o‘tar kechasi Pavel Durovning jamoasi Telegram’ning rossiyalik foydalanuvchilariga servisdan VPN va proksini qo‘llamasdan foydalanish imkonini beruvchi yangilanishni ishga tushirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют