» » O‘zbekistonda iOS foydalanuvchilari TamTam messenjerini yuklab olishni boshladi

O‘zbekistonda iOS foydalanuvchilari TamTam messenjerini yuklab olishni boshladi


Mail.Ru kompaniyasiga tegishli TamTam messenjeri O‘zbekistonda App Store’dan eng ko‘p yuklab olinayotgan dasturlar beshligiga kirdi, deb yozadi Spot.

17-aprel holatiga ko‘ra, dastur yuklab olishlar soni bo‘yicha “Yandeks.Taksi”, Telegram, iMO va WhatsApp’ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, 18-aprel holatiga “Yandeks.Taksi”dan keyingi ikkinchi o‘rinni egallamoqda.

O‘tgan haftagina 8—15-o‘rinlarda bo‘lgan WhatsApp ham yuqorilab, yuqori beshlikka kirib oldi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisi Google’da TamTam messenjerini faol tarzda qidirishni boshlagan mamlakatlar beshligiga kirdi.

Foydalanuvchilarning TamTam’ga qiziqishi Telegram ishida kuzatilayotgan muammolar fonida o‘sib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют