» » Snouden qarshilik ruhi uchun Durovni maqtadi

Snouden qarshilik ruhi uchun Durovni maqtadi


Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden Telegram asoschisi Pavel Durovni messenjerni Rossiya hududida bloklash bo‘yicha pozitsiyasi uchun maqtadi. U o‘z fikrini Twitter’da bildirdi.

Snouden avvalroq Telegram xavfsizlik tizimini tanqid qilganligini tan oldi, biroq Durovning hukumat tomonidan servisga kirishning cheklanishiga nisbatan reaksiyasi uni lol qoldirgan.

“Durovning Rossiya hukumatining shaxsiy xabarlarga kirishni ochish haqidagi totalitar talabida javobi — uning qarshiligi va rad etishi — axloq nuqtai nazaridan yagona to‘g‘ri javob va haqiqiy yetakchilikni namoyon etadi”, — deb yozdi u.

U, shuningdek, “Roskomnadzor” harakatlarini telbalik deb atadi. Snouden mazkur voqeani yoritayotgan jurnalistlarga Amazon va Google rasmiylar talabini bajarib, ularni qo‘llab-quvvatlasa, bu senzura akti bo‘lishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют