» » Qashqadaryoda 300 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht sotilishining oldi olindi

Qashqadaryoda 300 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht sotilishining oldi olindi


Qashqadaryo viloyat IIB jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlarining Chiroqchi tumani “Umakay” YPX maskanida 16-aprel kuni soat 00:10 da o‘tkazgan tezkor tadbirida yana bir iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotining olib o‘tilishi va sotilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Bahriddin Esonov xabar bermoqda.

Jizzax shahrida yashovchi A.I o‘z boshqaruvidagi Nexia avtomobili to‘xtatib tekshirilganda, uning yukxonasida 300 kilogramm kelib chiqishi noma’lum yirik shoxli mol go‘shti tashib o‘tilayotgani aniqlandi. Laboratoriya tekshiruvida mazkur go‘sht iste’molga umuman yaroqsiz ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют