» » Saudiya Arabistonida birinchi kinoteatr ochilmoqda

Saudiya Arabistonida birinchi kinoteatr ochilmoqda


Saudiya Arabistonida 18-aprel, chorshanba kuni birinchi ommaviy kinoteatr ochilmoqda. Muassasa 35 yilda ilk bor mamlakat poytaxti Ar-Riyodda tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Amerikaning AMC tarmog‘i kinoteatrida Gollivud blokbasterlaridan biri namoyish etiladi.

Bunda kinoteatr oddiy fuqarolar uchun dastlab ochiq bo‘lmaydi. Aprel oyidagi birinchi va keyingi bir qator namoyishlarga faqat maxsus taklifnomalar sohiblari tashrif buyurishi mumkin.

Kinoteatr ochilishida aynan qaysi film namoyish etilishi, shuningdek tomoshaga kimlar taklif etilganligi hozircha ma’lum qilinmadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ar-Riyodda Rayan Kuglerning “Qora pantera” filmi namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют