» » Toshkentda Chaykovskiy nomidagi Katta simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Chaykovskiy nomidagi Katta simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tdi


Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida P.I.Chaykovskiy nomidagi Katta simfonik teatrning taniqli dirijor Vladimir Fedoseyev boshchiligidagi konserti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.

Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi toshkentlik muxlislarga dunyo klassikasi noyob asarlari ijrosidan bahramand bo‘lish imkoniyatini  taqdim etdi. Kechada J.Verdining “Traviata”, J.Rossinining “Sevilya sartaroshi”, Chaykovskiyning “Iolanta”, M.I.Glinkining “Ruslan va Lyudmila” va boshqa o‘lmas musiqiy asarlar yangradi.

Ariyalarni “Novaya Opera” teatri yetakchi solisti Vasiliy Ladyuk va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri yetakchi solisti, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov ijro etdi.

19-aprel kuni “Lukoyl” kompaniyasi Toshkent auditoriyasiga yana bir konsertni taqdim etadi. Unda M.Magomayev, A.Paxmutova, A.Babajanyanning opera ariyalari va qo‘shiqlari yangraydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют