» » Toshkent viloyatida bir kunda 5 kishi o‘zini osdi. Ulardan 3 nafari hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent viloyatida bir kunda 5 kishi o‘zini osdi. Ulardan 3 nafari hayotdan ko‘z yumdi


Toshkent viloyatida 17 aprel, seshanba kuni 5 kishi joniga qasd qildi, ulardan 3 nafari voqea joyining o‘zida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda. 

Shu kuni Yangiyo‘l tumanida soat 08:30 da Navoiy mahallasi, Nihol ko‘chasida yashagan Yangiyo‘l iqtisodiyot kasb-hunar kollejining 3-kurs o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan H.U. uyidagi qurib bitkazilmagan oshxona to‘siniga o‘zini osgan. Qiz vafot etdi.

Bo‘stonliq tumanida soat 10:00 da Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘i, Xo‘ja mahallasi, Ofarin ko‘chasida yashagan pensioner, 1957-yilda tug‘ilgan S.G‘. uyining molxonasi to‘siniga o‘zini osdi.

Oqqo‘rg‘on tumanida soat 17:30 da Hosildor mahallasida yashagan uy bekasi, 1978-yilda tug‘ilgan M.B. uyi oldidagi “Damirbek Mustafo” fermer xo‘jaligi dalasidagi daraxtga o‘zini osdi.

Toshkent tumanida Ahillik mahallasi, Xurramlik ko‘chasida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1988-yilda tug‘ilgan J.M. uyi hammomi eshigiga arqon bilan o‘zini osib, joniga suiqasd qilayotganda qarindoshlari tomonidan qutqarilib, Toshkent shahar TTA-2 kasalxonasiga yotqizildi.

Yangiyo‘l tumanida Umid mahallasi, Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi uy bekasi, oilasi bilan ajrashgan, 1995-yilda tug‘ilgan S.D. uyi molxonasidagi to‘siniga arqon bilan o‘zini osib, joniga suiqasd qilayotganda qarindoshlari tomonidan qutqarilib, tuman kasalxonasiga yotqizildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют