» » IIV aholidan nobiometrik passportlarni 1-iyulgacha almashtirishni so‘ramoqda

IIV aholidan nobiometrik passportlarni 1-iyulgacha almashtirishni so‘ramoqda


O‘zbekiston Respublikasi IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning quyi xizmatlari tomonidan aholini biometrik pasportlar bilan ta’minlash ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

“Nobiometrik pasportlarini almashtirish muddati 2018-yil 1-iyul etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishi va biometrik pasport olishi mumkin. Hozirgi kunda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, joylardagi biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga jismoniy imkoniyati cheklanganligi sababli yetib kela olmaydigan fuqarolar uchun mobil qurilmalar yordamida biometrik pasport rasmiylashtirish imkoniyati mavjud”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, pasporti bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashash, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют