» » Botkenda o‘zbek-qirg‘iz yoshlar festivali boshlandi

Botkenda o‘zbek-qirg‘iz yoshlar festivali boshlandi


Qirg‘izistonning Botken shahrida “Madaniyat — do‘stlik ko‘prigi” deb nomlangan o‘zbek-qirg‘iz yosh iste’dodlar festivali boshlandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

YuNISЕF Qirg‘izistondagi vakolatxonasi matbuot xizmatiga ko‘ra, festivalda O‘zbekistonning Farg‘ona va Qirg‘izistonning Botken viloyatlaridan yuzdan ortiq yoshlar qatnashmoqda.

“Mazkur yoshlar festivalini o‘tkazish tashabbusi Botken va Farg‘ona hokimliklari tarafidan yangragani bizni xursand qiladi. Mahalliy organlar, qishloq va jamiyatlar darajasidagi hamkorlik uzoq muddatli o‘zaro bir-birini tushunish va do‘stlik uchun juda muhim”, — dedi Bolalar xalqaro tashkilotining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi rahbari Yukie Mokuo.

20-aprelga qadar davom etadigan festivalda yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyish etadi, Botken shahridagi diqqatga sazovor maskanlarga sayohat uyushtiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют