» » Italiyada 130 million yevrolik jekpot yutib olindi

Italiyada 130 million yevrolik jekpot yutib olindi


Italiyada noma’lum kishi SuperEnalotto lotereyasida 130,2 million yevro yutib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Yutuqli chipta Sitsiliyadagi Kaltanissetta shahrida sotib olingan.

Ta’kidlanishicha, bu Italiyada 2018-yildagi birinchi yirik yutuq hisoblanadi. Hech kim o‘tgan yilning 1-avgustidan beri barcha oltita raqamni topa olmagan edi. O‘shanda 77,7 million yevro yutib olingan edi.

SuperEnalotto tarixida bu kattaligi bo‘yicha beshinchi yutuq hisoblanadi. Eng yirik jekpot 177 million yevro bo‘lib, 2010-yilda yutib olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют