» » Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi

Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi


2017-yil aprelida Shvetsiya poytaxti Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi, deb yozadi Sputnik. Bu haqda “RIA Novosti” Shvetsiyaning SR radiosiga tayangan holda xabar bergan.

2017-yilning 7-aprel, juma kunida Stokgolm markazidagi yo‘lovchilar yuradigan ko‘chalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. Oradan 500 metrdan ziyod masofa o‘tgach, u ?hlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati ro‘y bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Teraktni sodir etganlikda O‘zbekiston fuqarosi 40 yashar Rahmat Oqilov gumon qilinmoqda. U jinoyat sodir etilgan kunda hibsga olingan va o‘sha vaqtdan buyon qamoqda saqlanib kelinmoqda.

Terakt bo‘yicha sud 13-fevral kuni boshlangan va 9-may kuni yakunlanadi. Sud hukmi iyun oyining ikkinchi yarmida chiqarilishi kutilmoqda. Sudga yo‘naltirilgan hujjatlarda 150 nafar jabrlanuvchilar ismlari sanab o‘tilgan.

Qoralovchi tomon Oqilovga umrbod qamoq jazosi berilishini va uning keyinchalik Shvetsiya hududiga kirishni umrbod taqiqlash sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini qat’iy talab qilmoqda. Oqilov terroristik jinoyatni sodir etganlik va terroristik jinoyatni sodir etishga urinish yoki xavfsizlikka tahdidni yuzaga keltirganlikda ayblanmoqda.

Oqilov qo‘lga olingach, darhol terroristik jinoyatni sodir etganlikka iqror bo‘lgan va shu paytgacha bo‘lgan vaqt davomida tergov bilan hamkorlik qilgan.

Shvetsiya radiosi izohiga ko‘ra, chorshanba kuni Stokgolm sudi terakt sodir bo‘lgan joyda bo‘lgan va uning oqibatida jarblangan jabrlanuvchilarni eshitishni tugatgan.

"Oqilov 149 nafar arizachidan 130 nafariga nisbatan jinoyat sodir etganligini tan oldi. Sud jarayoni avvalida Oqilov, shuningdek, o‘z aksiyasi vaqtida halok bo‘lgan besh kishining qotilligida iqror bo‘lgan", — deb xabar qiladi radiostansiya.

Oqilov ishi bo‘yicha sud eshituvi 19-aprel, payshanba kuni davom etadi va bunda halok bo‘lganlarning qarindoshlari ko‘rsatmalari taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют