WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » MIB auksionga qo‘ygan Lexus uchun 143 mln so‘m boshlang‘ich narx belgilandi
MIB auksionga qo‘ygan Lexus uchun 143 mln so‘m boshlang‘ich narx belgilandi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan transport vositalarining yangi turkumini onlayn-auksionga qo‘ydi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Jumladan, Lexus IS250 avtomobilining boshlang‘ich bahosi 143,8 million so‘m etib belgilandi. Mercedes-Benz E200 185,6, Audi A6 esa 176 million so‘m baholandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil kuzidan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan E-Ijro auksion elektron savdo maydoni har kuni yangilanmoqda. Bugungi kunda unda 850 dan ortiq lot mavjud.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?