» » O‘zbekistonda IIV o‘quv yurtlarini bitirganlar 5 yil ishlab beradi yoki o‘qish pulini to‘laydi

O‘zbekistonda IIV o‘quv yurtlarini bitirganlar 5 yil ishlab beradi yoki o‘qish pulini to‘laydi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida o‘qigan talabalar besh yil ishlab berishi yoki o‘qish xarajatlarini majburiy qoplash tartibi belgilandi, deb yozadi Sputnik.

O‘zbekiston Ichki ishlar hamda Moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan Nizomga ko‘ra, bundan buyon Ichki ishlar  vazirligining o‘quv muassasalarida o‘qigan yoki vazirlik tomonidan xorijiy muassasalarga o‘qishga yuborilgan bitiruvchilar o‘qishni tugatganidan keyin 5 yil davomida vazirlik yo‘llanmasiga binoan, davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Ushbu shart bajarilmagan hollarda bitiruvchilar o‘qish xarajatlarini to‘liq ravishda qoplashi shart bo‘ladi. Bu haqda talabalar bilan o‘qish jarayonining boshida maxsus shartnoma imzolanadi va ularning ota-onalari ogohlantiriladi.

O‘qish uchun undiriladigan to‘lovda quyidagi xarajatlar hisobga olinadi: o‘qituvchilar ish haqi, stipendiya, kiyim-kechak, oziq-ovqat  ta’minoti, amaliy mashg‘ulotlar va yo‘l xarajatlari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют