» » O‘zbekistonda yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibi belgilandi


Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarining yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining “Inson va qonun” gazetasi.

Nizomga muvofiq 2018-yil yil 1-apreldan boshlab umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yer maydoniga ega bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘laydi.

Tasdiqlangan nizom quyidagilarga tadbiq etiladi:

Bunda, yer uchastkalarining umumiy maydoni deganda, yer uchastkasining soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni tushuniladi.

2018-yil 1-apreldan boshlab yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilariga:

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadi.

Yer solig‘i har bir soliq davrining 1-yanvar holatiga hisoblab chiqariladi.

2018-yilning 1-yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 10-mayiga qadar taqdim etiladi.

Soliq solinadigan baza (soliqning hisoblangan miqdori) soliq davrida o‘zgarsa, davlat soliq xizmati organiga bir oy muddatda aniqlashtirilgan yer solig‘ini hisob-kitobini taqdim qiladi.

Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan oshib ketsa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oyning keyingi oyidan boshlab hisoblanadi.

Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan kamaysa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘i to‘lovi har oyning 10 kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshiriladi.

2018-yilda yer solig‘i to‘lovi aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi, bunda aprel oyi uchun to‘lov joriy yilning 10-mayiga qadar amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют