» » O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonga avtomobil va meva-sabzavot yetkazib beradi

O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonga avtomobil va meva-sabzavot yetkazib beradi


O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi elchixonasi tashabbusi bilan bir qator shartnoma va bitimlar tuzildi, deb yozadi UzDaily.

O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi qayta tayinlangan elchisi Baxtiyor Saidovning Mo‘g‘uliston hukumati bilan uchrashuvi chog‘ida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mo‘g‘ulistonning yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar chog‘ida kompaniyalar vakillari O‘zbekistonga taklif etilgan edi. Natijada bir oy o‘tmay, Mo‘g‘ulistonning “Nomin Xolding” yirik kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida delegatsiya mamlakatning turli hududlaridagi ko‘plab sanoat korxonalarida bo‘ldi. “O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbari Umid Salimov bilan uchrashuvda shartlar muhokama qilindi va o‘zbek avtomobillarini Mo‘g‘ulistonga yetkazib berish haqida bitim imzolandi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” vakillari bilan uchrashuvda mo‘g‘ulistonlik sheriklarga O‘zbekistonning biologik toza organik mahsulotlari taqdim etildi. Yakunda “O‘zagroeksport” va “Nomin Xolding” o‘rtasida O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga quruq mevalar, meva va sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha 10 million dollarlik shartnomalar tuzildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют