» » Mudofaa vazirligi askarlarga yangi imkoniyatni taqdim etadi

Mudofaa vazirligi askarlarga yangi imkoniyatni taqdim etadi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 812-son qaroriga muvofiq harbiy xizmatchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yakunida fan yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha nizomi kuchga kirdi, deb “Daryo”ga xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yakunida fan yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlangan eng sara muddatli harbiy xizmatchilar viloyat miqyosida tashkil etiladigan tanlovda ishtirok etadi. Tanlov beshta fan yo‘nalishi bo‘yicha (askarlar tomonidan tanlab olingan) tashkil etiladi hamda har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha bittadan g‘olib aniqlanadi. G‘oliblar ikki bosqichda, og‘zaki hamda yozma (ijodiy ish) topshiriqlarining baholanishi orqali aniqlanadi. Shuningdek, bunda harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida to‘plagan reyting ballar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy test sinov natijalari ham hisobga olinadi.

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga Respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyozi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomlangan qaror talablariga muvofiq Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlangan bo‘lib, ular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklarining o‘qituvchilari tomonidan harbiy qismlarda haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari o‘tkazilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют