» » Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kuzda O‘zbekistonga keladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kuzda O‘zbekistonga keladi


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga kuz fasli boshida rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Emomali Rahmonning tashrifi davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahsli chegara uchastkasi bo‘yicha hal etilmay qolgan masala o‘z yechimini topadi.

“Tojikistonning So‘g‘d va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatlari tutashgan chegaradagi mazkur uchastka bo‘yicha Emomali Rahmonning kuz fasli boshida O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davomida rasman kelishib olinadi”, — deyiladi xabarda.

Tojikiston hukumatidagi manbaning aniqlik kiritishicha, mazkur chegara uchastkasida hech qanday inshoot yoki aholi punkti mavjud emas, u yerdan chiqindixona sifatida foydalaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют