» » Shavkat Mirziyoyev: Joriy yilda Rossiya bilan AES qurilishi bo‘yicha hujjat imzolashni rejalashtiryapmiz

Shavkat Mirziyoyev: Joriy yilda Rossiya bilan AES qurilishi bo‘yicha hujjat imzolashni rejalashtiryapmiz


O‘zbekiston 2018-yilda Rossiya bilan mamlakat hududida atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha hujjat imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qandim gaz majmuasining ochilish marosimida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“O‘ylaymanki, joriy yilda atom stansiyasi qurilishi boshlanishi haqida hujjat imzolaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

2017-yilning 29-dekabrida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish yuzasidan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolangan edi.

Hujjatda O‘zbekistonda milliy infrastrukturani yaratish va takomillashtirish, atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlari qurish, shuningdek, ularning faoliyatini doimiy kuzatib borish o‘zaro hamkorlik uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

O‘zbekistonda uran konlari razvedkasi, radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish va ularni sanoat, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llash, ilmiy va fundamental tadqiqotlar borasida hamkorlik ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 157) ( 0) ( 155) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют