» » Abdulaziz Komilov Filippin elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Filippin elchisini qabul qildi


19-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Filippin Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Vilfredo S.Santosni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni O‘zbekistondagi faoliyati boshlanishi bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston — Filippin munosabatlarining istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik hamda BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi aloqalarni mustahkamlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikka doir mavjud salohiyatni amalga oshirish uchun huquqiy bazani kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют