» » Bugungi kunda umumta’lim maktabi o‘qituvchisining o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Bugungi kunda umumta’lim maktabi o‘qituvchisining o‘rtacha oylik ish haqi qancha?


O‘zA bugungi kunda umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarining malaka toifaga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining oylik maoshi 1 133 700 so‘mni, shu toifadagi yuqori sinf o‘qituvchisining oylik maoshi 1 004 547 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli qaroriga muvofiq umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga quyidagi qo‘shimcha haq to‘lanadi:

“Demak, umumta’lim muassasalari o‘qituvchisining oylik ish haqini yuqorida keltirilgan barcha ustama va qo‘shimchalarning o‘rtacha miqdorini qo‘shgan holda hisoblasak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga 1 618 800 so‘m, yuqori sinf o‘qituvchisiga esa 1 463 816 so‘m oylik hisoblanar ekan.

Ushbu ish haqi miqdorlaridan soliqlar va ushlanmalarni chegirib hisoblasak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1 312 620 so‘m, yuqori sinf o‘qituvchisi 1 195 607 so‘m oylik ish haqi qo‘liga oladi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qaroriga asosan umumta’lim muassasalarining chet-tili o‘qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ularning tarif stavkalariga yana 30 foiz hamda boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz qo‘shimcha haq to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют