» » “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning to‘qqizta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda “Inson va qonun” nashri xabar berdi.

Qonun 71-modda bilan to‘ldirildi. Shuningdek, 16-moddada ko‘rsatilgan normalar qonunning 2-moddasiga ko‘chirilganligi sababli chiqarib tashlandi.

Xususan, qonunda jurnalist maqomi belgilangan. Zamonaviy professional jurnalistlik faoliyatni yuritish amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, muayyan mavzu bo‘yicha axborot tayyorlash jarayonida axborotni izlash, yig‘ish, tahlil qilish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish jurnalistlik faoliyatning ajralmas qismidir.

Shuningdek, xorijiy qonunchilikni o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, jurnalist o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirishda nafaqat axborotni yig‘ish, tahlil qilish, tarqatish bilan, balki muayyan mavzuda axborotni tahrir qilish va tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

Lekin amaldagi taxrir zamonaviy jurnalist kasbiy faoliyatining ajralmas qismi xisoblangan axborotni tahrir qilish hamda tayyorlash kabi funksiyalarini qamrab olmagan edi. Shu sababli jurnalistning maqomi kengaytirildi. Kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra “jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs” hisoblanadi.

Qonunning senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi borasidagi 4-moddasi yangi tahrirda berilgan:

“O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud butunlay nashrdan olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas emas”.

Jurnalistning huquqlari doirasi “davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish” bandi bilan to‘ldirildi.

Jurnalistning majburiyatlariga esa “jurnalistlik sirini oshkor etmasligi; jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi kabi bandlar bilan to‘ldirildi”.

Qonun jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan 71-modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, “jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistning shaxsiga va o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida uning xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.

Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalarining birlashmalari tomonidan belgilanadi”.

Qonunning 15-moddasida jurnalistning javobgarligi masalasi aks etgan bo‘lib, jumladan, qonunning ikkinchi qismida qaysi holatlarda jurnalist javobgar bo‘lmasligi normasi belgilangan.

“Jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi:

agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari ma’lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan bo‘lsa;

agar bu ma’lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud bo‘lsa yoki chiqishlarning so‘zma-so‘z takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) bo‘lsa.

Qonunning to‘liq matni 2018-yil 19-aprel kuni matbuotda e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют