» » Superliga. “Paxtakor” Bekobodda “Metallurg” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi

Superliga. “Paxtakor” Bekobodda “Metallurg” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi


Bugun, 19-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 7-turi boshlandi.

Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgandi. Ulardan biri Bekobodda mezbon “Metallurg” hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvda Superliga tarixidagi eng yirik hisob qayd etildi. Avvaliga o‘yinning 25-daqiqasiga kelib, mehmonlarning portugaliyalik legioneri Ismoil Gonsalvesh hisobni ochdi. 30-daqiqaga kelib Dilshod Rahmatullayev hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida hakamlar mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarima to‘pi Ismoil Gonsalvesh aniq amalga oshirdi. O‘yinning 80-daqiqasiga kelib, Jaloliddin Masharipov hisobni 0:4 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib Jasur Yaxshiboyev o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ayni damda “Buxoro” o‘z maydonida AGMKni qabul qilmoqda.

Superliga

7-tur bellashuvlari

19-aprel, payshanba

Gollar: 0:1 — 25 Ismoil Gonsalvesh. 0:2 — 30 Dilshod Rahmatullayev. 0:3 — 74, penalti Ismoil Gonsalvesh. 0:4 — 80 Jaloliddin Masharipov. 0:5 — 89 Jasurbek Yaxshiboyev.

“Metallurg”: 1.Zafar Safayev, 20.Dilyorbek Irmatov, 16.Jasur Hasanov, 37.Sherzod Fayziyev, 88.Abror Xusinov (S), 8.Shahzod Shaymanov, 90.Zafar To‘rayev (15.Zoxid Abdullayev, 66), 10.Islombek Isoqjonov (30.Andrey Shipilov, 85), 77.Muhammad Isayev (14.Abror Toshqo‘ziyev, 85), 91.Pavel Smolyachenko, 99.Pavel Purishkin.

“Paxtakor”: 25.Eldorbek Suyunov, 29.Vladimir Kozak, 4.Sherzod A’zamov, 55.Marko Simich (s), 2.Akmal Shorahmedov, 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev (28.Stanislav Andreyev, 86), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Jamshid Iskanderov, 79), 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboyev, 86), 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh.

Ogohlantirishlar: Tiago Bezerra 26, Sherzod Fayziyev 33, Akmal Shorahmedov 34, Dilyorbek Ermatov 48, Eldorbek Suyunov 65



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют