» » Superliga. 0:2 hisobida ortda borgan “Buxoro” 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

Superliga. 0:2 hisobida ortda borgan “Buxoro” 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)


Bugun, 19-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 7-turi boshlandi.

Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgandi. Ulardan biri Bekobodda mezbon “Metallurg” hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda “paxtakorchilar” 0:5 hisobidagi yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

Kunning ikkinchi uchrashuvida “Buxoro” o‘z maydonida AGMKni qabul qildi. Bellashuv o‘ta qiziqarli ruhda kechdi. Avvaliga birinchi bo‘lim 27-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasiga kelib, mehmonlar penaltidan hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Shundan so‘ng gol urish navbati “Buxoro”ga keldi. Dastlab 58-daqiqada Sergey Rusetskiy hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 74-daqiqada Bahodir Nasimov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 77-daqiqaga kelib, AGMK a’zosi G‘ulomhaydar G‘ulomov ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Shundan so‘ng “Buxoro” yana ikkita gol urishga erishdi. Ikkala gol muallifi ham Arslonmurod Omonov bo‘ldi.

Shu tariqda “Buxoro” “superkambek” qilib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Superliga

7-tur bellashuvlari

19-aprel, payshanba

Gollar: 0:1 — 25 Ismoil Gonsalvesh. 0:2 — 30 Dilshod Rahmatullayev. 0:3 — 74, penalti Ismoil Gonsalvesh. 0:4 — 80 Jaloliddin Masharipov. 0:5 — 89 Jasurbek Yaxshiboyev.

“Metallurg”: 1.Zafar Safayev, 20.Dilyorbek Irmatov, 16.Jasur Hasanov, 37.Sherzod Fayziyev, 88.Abror Xusinov (S), 8.Shahzod Shaymanov, 90.Zafar To‘rayev (15.Zohid Abdullayev, 66), 10.Islombek Isoqjonov (30.Andrey Shipilov, 85), 77.Muhammad Isayev (14.Abror Toshqo‘ziyev, 85), 91.Pavel Smolyachenko, 99.Pavel Purishkin.

“Paxtakor”: 25.Eldorbek Suyunov, 29.Vladimir Kozak, 4.Sherzod A’zamov, 55.Marko Simich (s), 2.Akmal Shorahmedov, 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev (28.Stanislav Andreyev, 86), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Jamshid Iskanderov, 79), 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboyev, 86), 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh.

Ogohlantirishlar: Tiago Bezerra 26, Sherzod Fayziyev 33, Akmal Shorahmedov 34, Dilyorbek Ermatov 48, Eldorbek Suyunov 65

Gollar: 0:1 — 27 Qahramon Bahodirov. 0:2 — 54, penalti Yovan Jokich. 1:2 — 58 Sergey Rusetskiy. 2:2 — 75 Bahodir Nasimov. 3:2 — 81 Arslonmurod Omonov. 4:2 — 88 Arslonmurod Omonov.

“Buxoro”: Asilbek Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboyev (Anvar Jo‘rayev, 80), Shavkat Salomov, San’at Shixov, Bahodir Nasimov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov (Aziz Ibragimov, 55 ), Ergash Ismoilov (Javohir Qahramonov, 68), Sergey Rusetskiy.

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Zafar Polvonov, Lutfulla To‘rayev (Dilshod Jo‘rayev, 46), Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov (Shoxnazar Norbekov, 57), G‘ulomhaydar G‘ulomov, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Otabek Zokirov

Ogohlantirishlar: Shavkat Mullajonov 36, Shavkat Salomov 36, G‘ulomhaydar G‘ulomov 36, Asilbek Omonov 53.

Chetlatish: G‘ulomhaydar G‘ulomov (AGMK).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют