» » Kim Chen Inning rafiqasi “KXDRning hurmatli birinchi xonimi” deb tan olindi

Kim Chen Inning rafiqasi “KXDRning hurmatli birinchi xonimi” deb tan olindi


Shimoliy Koreyaning rasmiy OAVlari birinchi marta mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning rafiqasi Li Sol Chjuni KXDRning “hurmatli birinchi xonimi” deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Kuzatuvchilarning qayd etishicha, bu maqom mazkur mamlakatda 40 yildan buyon ishlatilmayotgan edi.

G‘arb ekspertlarining taxmin qilishicha, Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSh bilan bo‘ladigan muzokaralardan oldin rafiqasiga uning o‘rnini kuchaytirish uchun birinchi xonim rasmiy maqomini bergan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, KXDR markaziy televideniyesi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlarida Li Sol Chju birinchi marta turmush o‘rtog‘isiz rasmiy chiqish qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют