» » Samarqandda muhojirlarga arzon chipta sotadigan kassalar ishga tushirildi

Samarqandda muhojirlarga arzon chipta sotadigan kassalar ishga tushirildi


Joriy yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va uning hududiy filiallari huzurida ixtisoslashtirilgan kassalar tashkil etildi, deb xabar qiladi Sputnik Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Hafizovga tayanib.

Ushbu choralar prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Resublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqishda xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

“Samarqand viloyatida ixtisoslashtirilgan kassa Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 54-uy manzili (Samarqand viloyat IIBning qarama-qarshisi)da joylashgan binoda tashkil etildi. Ushbu ixtisoslashtirilgan kassada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarga ehtiyojidan kelib chiqib, temiryo‘l yoki aviachiptalarni 20% chegirmada sotish yo‘lga qo‘yilgan”, — dedi Hafizov.

Ta’kidlanishicha, “Aloqabank” AT tomonidan soddalashtirilgan tartibda, minimal komissiyali Visa Migrant plastik kartochkasi joriy etilib, yilda bir marta chipta xarajatlarining 300 ming so‘mi qoplab berilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan kassada sug‘urta kompaniyasi tomonidan imtiyozli tariflarda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalanadi.

Yuqoridagi xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar avvalambor Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘lib, 3 kundan so‘ng maxsus kassaga murojaat qilib, imtiyozli chiptalar olishi mumkin.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida hududiy Bandlikka ko‘maklashish markazlari qoshida sektorlar tashkil etildi. Sektorlar fuqarolarni ma’lumotlar bazasiga ro‘yxatga olish, tushuntirish ishlari, ya’ni targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanadi.

“Ushbu qarorni qabul qilishdan maqsad vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqishda manziliga qadar xavfsiz yetib olishi, yo‘l davomida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan. Bugungi kunda 300 dan ortiq fuqarolar tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 92 nafariga o‘zlariga qulay bo‘lgan yo‘nalishlarga chiptalar sotilgan”, — dedi Hafizov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют