» » O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi uch yillik kurash loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi uch yillik kurash loyihasi amalga oshiriladi


19-aprel kuni Adliya vazirligi va BMTTD o‘rtasida “O‘zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Hujjatga Adliya vaziri Ruslan Davletov va BMTTDning mamlakatdagi doimiy vakili Xelena Freyzer imzo qo‘ydi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 8 million AQSh dollari budjetiga ega bo‘lgan ushbu loyiha korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yirik kompleks chora-tadbir hisoblanib, deyarli barcha sohalarni qamrab olgan.

Loyiha Adliya vazirligi, Bosh prokuratura tomonidan mamlakat vazirlik va idoralari hamda BMTTD bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. U uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamkorlikning qo‘yidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan:

Ushbu global loyihaning asosiy vazifasi korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют