» » O‘zbekistonda muqobil energiyaga to‘liq o‘tgan uylar egalariga soliq imtiyozlari beriladi

O‘zbekistonda muqobil energiyaga to‘liq o‘tgan uylar egalariga soliq imtiyozlari beriladi


O‘zbekistonda to‘liq muqobil energiyaga o‘tgan uylarning egalariga soliq imtiyozlari taqdim etiladi, deb yozadi Spot. Bu Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, Soliq kodeksining 275 va 290-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, ularga ko‘ra, turar joylarda amaldagi energiya manbalari tarmog‘idan butunlay uzilgan holda, muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi uylar egalari muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan boshlab uch yilga jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi.

Ushbu imtiyozlarga ega bo‘lish uchun energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan beriladigan ma’lumotnomani taqdim etish kerak.

Soliq imtiyozlari 19-apreldan amal qilishni boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют